1

Koronavirusga qo`shimcha pnevmoniya holatlari ham tarqalmoqda. Videoselektorda bu borada berilgan topshiriqlar muhokama qilindi

Siyosat 23.07.2020, 20:53
Koronavirusga qo`shimcha pnevmoniya holatlari ham tarqalmoqda. Videoselektorda bu borada berilgan topshiriqlar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida navbatdagi videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Tadbirda bugun mamlakatimiz pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida to`xtalib o`tildi.

Xususan, hozirda COVID-19 yuqtirganlar soni 18 ming 700 nafardan oshgani, vaziyat hamon jiddiy bo`lib qolayotgani ta`kidlandi.

- Ahvoli og`ir bemorlar soni ko`payib bormoqda, - dedi davlatimiz rahbari. - Koronavirusga qo`shimcha ravishda pnevmoniya holatlari ham keng tarqalmoqda. Shu sababli, oxirgi 10 kunda 4 ta selektor o`tkazib, hokimlar, vazirlar va boshqa mutasaddi rahbarlarga qo`shimcha davolash o`rinlarini tashkil etish, simptomsiz kasallarni uyda tizimli davolash, ularni zarur dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta`minlash, tez tibbiy yordam tizimi ishini yaxshilash bo`yicha tegishli topshiriqlar berilgandi. Endi shularning hisobotini tinglaymiz, – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoev hozirgacha amalga oshirilgan ishlar haqida so`z yuritar ekan, oxirgi kunlarda koronavirusni davolash uchun qo`shimcha 46,5 mingta o`rin ajratilgani, yana 31 mingta o`rin tashkil etilishi, 397 ta tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilingani, bir oy muddatda yana 409 ta mashina joylarga etkazilishini ta`kidlab o`tdi.

Xalqaro va mahalliy tajribani hisobga olib, koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi yangilandi, dedi Prezident. Tibbiyot oliy o`quv yurtlari va kollejlari professor-o`qituvchilari, ilmiy xodimlar va pensiyaga chiqqan mutaxassislar orasidan jami 5 mingta vrach hamda 9 mingta hamshira bemorlarni davolash va maslahat berishga jalb etildi.

- Shu o`rinda o`z hayoti va sog`lig`ini xavf ostiga qo`yib, kasallikka qarshi mardona kurashayotgan fidoyi shifokorlarimizga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi. Bugun koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi salomatligini muhofaza qilish va hayotini asrash, yurtimizda infeksiyani jilovlashda ulkan jasorat va fidoyilik namunalarini ko`rsatgan bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to`g`risidagi Farmonni imzoladim, - dedi davlatimiz rahbari.

Oldinda bunday mukofotlar ko`p bo`lishi ta`kidlandi. Bu kurashda o`zini ayamay mehnat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlari albatta munosib taqdirlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1