Qutlovlar kelishda davom etmoqda: Erdog`an Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

Siyosat 24.07.2020, 19:17
Qutlovlar kelishda davom etmoqda: Erdog`an Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an telefon orqali muloqot qildilar. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qildi.

Turkiya etakchisi davlatimiz rahbarini tug`ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari joriy yil fevral oyida Anqara shahrida o`tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni keng ko`lamli amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Savdo-iqtisodiy va investision hamkorlik bo`yicha qo`shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida o`tkaziladigan hukumatlararo muloqotlarga muhim e`tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya etakchisiga pandemiyaga qarshi kurashda ko`rsatilayotgan ko`mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1