Kelgusi yilda inson umrini 120 yoshgacha uzaytiruvchi dori sinovdan o`tkaziladi. Bu haqda The Telegraph yozadi.
Tarkibida metformin moddasi mavjud dori hayvonlar umrini uzaytirishi isbotlandi. Endi olimlar uni odamlarda sinashmoqchi. Uning asosidagi dorilar butun dunyoda diabetni davolashda qo`llaniladi: aniqlanishicha, metformin hujayralarga kirib boradigan kislorod miqdorini oshiradi, bu esa hayot davomiyligini oshiradi.
Mutaxassislar ushbu dori yordamida 70 yoshlilar o`zlarini 50 yoshday his qilishlariga ishonch bildirishmoqda. Agar tajriba omadli o`tsa, bu gerontologiya sohasida olmashumul voqea bo`ladi. Mohiyatiga ko`ra, shifokorlar saraton, diabet, demensiya kabi kasalliklar bilan kurashmay qo`yishadi, va organizm qarishigi davolay boshlashadi.
Metformin xususiyatlarini klinik tajribadan o`tkazish AQShda keyingi qishda start oladi. Ayni damda zaruriy moliyaviy ko`mak va ko`ngillilar qidirilmoqda: tajribada 70 dan 80 yoshgacha bo`lgan, saraton, yurak xastaliklari yoki demensiya tashxisi qo`yilgan 3000 kishi ishtirok etadi.