1

Sukerberg qizlik bo`lgani munosabati bilan 99% Facebook aksiyalarini ehson qiladi

Dunyo 02.12.2015, 09:43
Sukerberg qizlik bo`lgani munosabati bilan 99% Facebook aksiyalarini ehson qiladi

Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan Facebook kompaniyasidagi aksiyalarining 99% hayriya maqsadida dunyoni yaxshilashga yo`naltirmoqchi.

"Biz hayotimiz davomida qiymati 45 milliard dollar bo`lgan Facebook aksiyalarini kelgusi avlodning hayotini yaxshilashga sarflamoqchimiz", — deb yozadi Sukerberg o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ushbu xabarni Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi qizining tavallud topgani munosabati bilan yozib qoldirdi. Sukerberg qizining ismini Maks deya atadi.

Facebook ijtimoiy tarmog`idan kunora 1,01 milliard kishi foydalanadi, bu esa bir yil oldingidan 14% ko`p. Facebook'ning har oylik auditoriyasi 1,5 milliard kishini tashkil qiladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1