1

Olimlar tug`ruq uchun eng xavfsiz kunni aniqlashdi

Dunyo 02.12.2015, 10:57
Olimlar tug`ruq uchun eng xavfsiz kunni aniqlashdi

Londonning Imperskiy kolleji olimlari dam olish kunlari dunyoga kelgan chaqaloqlar o`limi xavfi boshqa kunlarnikidan yuqori ekanligini aniqlashdi. Ushbu xulosaga olimlar Buyuk Britaniyada 1,35 mln tug`ruq jarayonini tahlili asosda kelishdi.

Statistikaga ko`ra, eng xavfli kun payshanba bo`lib, aynan shu kuni chaqaloqlar o`limi ko`p qayd etilgan.

Olimlarning ma`lumotlariga ko`ra, 2010-2012 yillar davomida ish kunlari har o`n holatga 6,5, dam olish kunlari esa -  7,1 o`lim qayd etilgan. Olimlarning ta`kidlashicha, farq u qadar katta bo`lmasa ham, u statistik ahamiyatga ega.

Eng past o`lim holati seshanba kunlari qayd etilgan.

Shuningdek olimlar dam olish kunlaridagi tug`ruq onalar uchun ham xavfli ekanligini ta`kidlashdi.

Olimlar kunlarning tug`ruqqa qanday aloqasi borligini ayta olishmayapti, ehtimol bu dam olish kunlari tibbiyot xodimlarining etishmasligi bilan bog`liqdir. Buning sababini aniqlash uchun yana tadqiqot o`tkazish lozim.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1