AsosiySport

Bugun Futzal bo`yicha Osiyo Chempionatiga qur`a tashlanadi

2016 yilda Toshkentda bo`lib o`tadigan futzal bo`yicha Osiyo Chempionati bahslariga bugun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Ushbu marosim 18:00da boshlanishi ko`zda tutilgan. Ushbu qit`a chempionati ishtirokchilari turli savatchalarga ajratilgan.

Birinchi savatcha: O`zbekiston, Yaponiya, Eron, Tailand.

Ikkinchi savatcha: Avstraliya, Livan, Vetnam, Iroq.

Uchinchi savatcha: Qirg`iziston, Xitoy Taypei, Malayziya, Xitoy.

To`rtinchi savatcha: Tojikiston, Qatar, Iordaniya, Saudiya Arabistoni.

Toshkentda o`tadigan Osiyo Chempionati o`yinlari kelgusi yilning 10-21 fevral kunlari bo`lib o`tadi.

 

    Boshqa yangiliklar