Professional boksning super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo`ziev (5-0, 4 KO) 28 avgust kuni o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.
Shu kuni Bektemirga meksikalik Alan Kampa (17-5, 11 KO) raqiblik qiladi.
Jang 28 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 29 avgust tongida) Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun, Bektemir Meliqo`zievning bo`lajak raqibi Kampa, o`z vaqtida mashhur bokschilar Sergey Derevyanchenko, Jessi Hart (ikkkita mintaqaviy chempionlik kamari uchun) kabi bokschilar bilan ringga chiqqan. So`nggi jangida engilmas Erik Bajinyanga qarshi ikkita mintaqaviy chempionlik kamari uchun jangda imkoniyatni boy bergan.