Mark Sukerbergning qizi tug`ilgani munosabati bilan 99% Facebook aksiyalarini hayriyaga yo`naltirmoqchiligi haqida xabar bergan edik. Biroq uning bu qarorini kolumnist Sem Biddl piar deb topdi.
Jurnalistning so`zlariga ko`ra, biznesmen qiziq PR-manyovr qilgan.
Biddl Facebook asoschisining ushbu qarorini topilma deb sanadi, sababi biznesmen rafiqasi Prissilla Chan bilan akiyalarni ular ochayotgan yangi kompaniya orqali sarflashadi.
Buzfeed portali ma`lumotlariga ko`ra, Sukerberg rafiqasi bilan hayriya jamg`armasi emas yangi kompaniya tashkil etishayotgan ekan.