AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`ta og`ir ahvoldagi koronavirus bemorlari soni kechagidan ikki baravarga ortib ketdi

'O`zbekistonda o`ta og`ir ahvoldagi koronavirus bemorlari soni kechagidan ikki baravarga ortib ketdi'ning rasmi

SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi 2020 yil 30 iyul soat 10:00dagi holatga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo`yicha rasmiy statistikani e`lon qildi. 

Unga ko`ra, ayni paytda qadar koronavirusdan zararlanganlar soni 22 872 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 12 937 nafar fuqaro (57 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 803 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 365 nafari og`ir, 172 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar