Sardoba suv ombori to‘g‘oni 60 PKda buzilishi oqibatida to‘g‘onning boshqa qismlarida ham oqim ta’sirida buzilishlar bo‘lgan. Hozirgi kunda shu nuqsonlarni bartaraf etish hamda vaqtinchalik suv omborni qisman faoliyat yuritishini tiklash ko‘zda tutilgan.
Yuqoridagi tiklash ishlari yuzasidan “Gidroloyiha” AJ loyihachilari moskvalik mutaxassislar bilan kelishilgan holda loyiha ishlab chiqishdi, bu loyiha yuzasidan davlat ekspertizasi tomonidan 12-fevral 2021-yil 4-E-sonli ekspert xulosasi berilgan.
Loyihada asosan quyidagi ishlar ko‘zda tutilgan:
- vaqtinchalik to‘g‘on ko‘tarish (peremichka) ya’ni buzilgan 60 PKni oldini o‘rab qo‘yish;
- ezometrlarni qurish va tiklash;
- suv oqimi ta’sirida yuvib ketilgan to‘g‘onning pastki qiyaliklarini tiklash;
- suv oqimi ta’sirida yopiq drenaj tizimlarni yuvib ketilgan qismlarini tiklash;
- yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi inshootlarni tiklash;
- suv chiqazuvchi asosiy inshoot oldida yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi novlarni qurish.
Эслатиб ўтамиз, 2020 йилнинг биринчи май куни Сирдарё вилоятидаги Сардоба сув омборида содир бўлган фавқулодда вазият туфайли Сардоба, Оқолтин, Мирзаобод туманларидаги 24 та маҳалладан 90 мингга яқин фуқаро зудлик билан хавфсиз ҳудудга эвакуация қилинган, ҳодиса оқибатида камида 56 киши турли даражада тан жароҳати олган, тошқин зонасида қолиб кетган юзлаб одамлар қутқарилган, шунингдек, 4 нафар фуқаро табиий офат оқибатида ҳалок бўлган, 1 нафари бедарак йўқолган эди.