Sardoba suv ombori to‘g‘oni 60 PKda buzilishi oqibatida to‘g‘onning boshqa qismlarida ham oqim ta’sirida buzilishlar bo‘lgan. Hozirgi kunda shu nuqsonlarni bartaraf etish hamda vaqtinchalik suv omborni qisman faoliyat yuritishini tiklash ko‘zda tutilgan.
Yuqoridagi tiklash ishlari yuzasidan “Gidroloyiha” AJ loyihachilari moskvalik mutaxassislar bilan kelishilgan holda loyiha ishlab chiqishdi, bu loyiha yuzasidan davlat ekspertizasi tomonidan 12-fevral 2021-yil 4-E-sonli ekspert xulosasi berilgan.
Loyihada asosan quyidagi ishlar ko‘zda tutilgan:
- vaqtinchalik to‘g‘on ko‘tarish (peremichka) ya’ni buzilgan 60 PKni oldini o‘rab qo‘yish;
- ezometrlarni qurish va tiklash;
- suv oqimi ta’sirida yuvib ketilgan to‘g‘onning pastki qiyaliklarini tiklash;
- suv oqimi ta’sirida yopiq drenaj tizimlarni yuvib ketilgan qismlarini tiklash;
- yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi inshootlarni tiklash;
- suv chiqazuvchi asosiy inshoot oldida yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi novlarni qurish.
Eslatib o`tamiz, 2020 yilning birinchi may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo`lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuasiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaro tabiiy ofat oqibatida halok bo`lgan, 1 nafari bedarak yo`qolgan edi.