Bugungi kunda Xalq ta`limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o`quv yilini qay tarzda boshlash ustida o`rganishlar olib bormoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Xalq ta`limi vazirligi o`z vakolatidan kelib chiqib o`quv yilini boshlash bo`yicha 3 ta ssenariy ustida ish olib bormoqda:
1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o`z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o`quvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko`rsatmoqda.
2-ssenariy: Sog`liqni saqlash vazirligining O`zbekistonda bolalarda virus kechishi bo`yicha xulosasi ijobiy bo`lmagan taqdirda ta`lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to`g`ri kelishi mumkin.
3-ssenariy: Gibrid ssenariy bo`lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o`tkaziladi. Faqat ma`lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o`quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.
Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o`qitishga imkon berilishi ko`zda tutiladi, ya`ni davomat erkin bo`ladi oddiy darsda qatnashsayam yoki onlayn dars orqali qatnashsayam.
Yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e`lon qilinadi.
- Shu o`rinda aytish joizki, karantin qoidasi o`zgarishidan qatiy nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, o`qituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bo`lib xizmat qiladi, deydi vazirlik matbuot kotibi.