“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi klubdagi sheriklari Luis Suares va Neymar to`g`risida fikrlarini bildirib o`tdi.
- "Barselona"da o`ynash menga sharaf hisoblanadi. Bu yil jamoamiz yanada kuchli darajaga ko`tarildi. Klubda menga Suares va Neymar bilan birgalikda to`p surish rohat bag`ishlamoqda. Shu tariqa o`ynashda davom etsak, juda ko`plab gollarni kiritishimizga ishonchim komil", - deb Messi so`zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.





