Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, ayni daqiqalarda koronavirusga chalingan yana bir toshkentlik bemor vafot etgan.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli T. S. (erkak)da 29 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi IIB Markaziy gospitalida o`tkir appendisit aniqlangan va operativ davo o`tkazilgan. 10 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va og`ir holatda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Bemorga COVID-19 infeksiyasi o`ta og`ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan va kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligining 3-darajasi, o`tkir yurak-qon tomir etishmoqchiligi va infeksion toksik miokardit asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kalalligi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar kuzatilgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli stabil og`ir bo`lib turgan bemor, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.






