Sog`liqni saqlash vazirligi axborotiga ko`ra, bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 784 nafari sog`aydi.
Jumladan, bemorlarning 467 nafari Toshkent shahrida, 184 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Andijon viloyatida, 32 nafari Qashqadaryo viloyatida, 22 nafari Xorazm viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Farg`ona viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha so`nggi rekord natija kecha, 30 iyul kuni qayd etilgan bo`lib, o`shanda mamlakatimizning turli hududlarida 743 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, yurtimizda 14 464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 60 foizni tashkil qilmoqda.






