O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi, O`zbekiston Qahramoni Musa Erniyazov xotirasiga bag`ishlangan ta`ziya marosimlarida ishtirok etib, Nukusdan Toshkentga qaytib keldi.
Avval xabar berilganidek, kecha, 31 iyul kuni taniqli davlat va jamoat arbobi, O`zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o`rinbosari Erniyazov Musa Tajetdinovich 73 yoshida vafot etdi.
Bugun, 1 avgust kuni Shavkat Mirziyoev marhumning qabrini ziyorat qildi. So`ng ta`ziya marosimida qatnashdi.