2-dekabr, chorshanba kuni Toshkent shahridagi 45 dan ortiq imoratlarning qurilishiga boshchilik qilgan me`mor, rassom va haykaltarosh Rafael Xayrutdinov vafot etdi. Bu haqda “qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Me`mor shuningdek, Kinochilar uyi, Benkov nomidagi kollejning hozirgi binosi va “Britannika” restorani binosi qurilishiga boshchilik qilgan.
U 2000 yilda Xalqaro arxitektura akademiyasining Moskva filiali professori unvoniga sazovor bo`lgan.
Darvoqe, kecha 3-dekabr kuni O`zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko`rgazmalar zalida Rafael Xayrutdinov asarlari ko`rgazmasi ochildi.





