OAV: AQShdagi otishmalar tashkilotchisining terrorchilar bilan aloqasi bo`lishi mumkin

Dunyo 04.12.2015, 10:35
OAV: AQShdagi otishmalar tashkilotchisining terrorchilar bilan aloqasi bo`lishi mumkin

AQShning Kaliforniya shtati San-Bernardino shahrida yuz bergan otishmalarda aybdor deb topilgan Sayed Farukning terrorchilar bilan aloqasi bo`lgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

 28 yoshli Sayed Faruk terrorchilar bilan telefon hamda AQSh Federal qidiruv byurosi tomonidan terrorrizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan shaxs bilan internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilib turgan. Vaqt o`tishi bilan Farukning fikrlari radikallashib boravergan va u San-Bernardino shahridagi 14 kishining hayotiga zomin bo`lgan.

Ayblanuvchi 2014 yilning yoz oylarida Saudiya Arabistoniga borgan va u erda o`n kun muddat bo`lgan. Sayed ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan Saudiya Arabistonida yashovchi ayolga uylangan.

AQSh hukumati Sayed Faruk va uning rafiqasi Tashfina Malikning jinoyatlari haqida bir to`xtamga kelishda shoshilmaslikni ta`kidlamoqda.  

“Biz ikki ayblanuvchi haqidagi barcha ma`lumotlarni o`rganib chiqmoqdamiz. Ayni paytda ularning jinoyatlari sababi yoki ularning boshqa terrorchilik guruhlari bilan aloqasi bor-yo`qligini aniq aytish mushkul”, — dedi AQSh adliya vaziri Loretta Linch.

Eslatib o`tamiz, bundan avval San-Bernardino shahrida yuz bergan otishmalar haqida ma`lumot bergan edik. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1