1

Turkiya Suriya bilan chegarasani yopishni rad etdi

Dunyo 04.12.2015, 11:12
Turkiya Suriya bilan chegarasani yopishni rad etdi

Turkiya hukumati Suriyaning “Islom davlati” nazoratidagi hududi yaqinidagi chegarasini yopishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto`g`lining ta`kidlashicha, Anqara Suriya bilan chegarasini yopib qo`ygudek bo`lsa, aksariyat qochoqlar mamlakat hududiga kirolmay qoladi. Ayni paytda davlat chegaralarining 98 kilometr masofasi “Islom davlati” terrorchilik guruhi tomnidan nazorat qilinadi. Turkiya hukumati imkon qadar chegara aloqalarini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bosh vazir terrorchilarning haligacha tor-mor qilinmaganligida Rossiya harbiy –havo kuchlarining ham aybi borligini ham qo`shimcha qildi.

Dovudo`g`lining fikricha, chegarani yopish uchun Turkiya hukumati har uch metrda qorovullik minoralari qurishi va 30 mingdan ortiq askarlarini qo`yib chiqishi kerak. Mamlakat byudjeti bunday harajatlarga tayyor emas. Bundan tashqari, Turkiya hukumati buni “Islom davlati” tomonidan agressiv qabul qilinishi va ular tomonidan tegishli choralar ko`rilishidan xavfsiramoqda.

2 dekabrda AQSh Prezidenti Barak Obama va Turkiya Prezidenti Toyib Erdo`g`an o`rtasidagi muzokaralardan so`ng AQSh davlat kotibi Jon Kerri Turkiya o`z chegaralarini yopishga tayyor ekanligini aytgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1