AsosiyJamiyat

“O`zbekengilsanoat” yangi yilda 600 dan ziyod ish o`rni yaratadi

“O`zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati umumiy qiymati 10 million dollardan ortiq bo`lgan uchta investisiyaviy loyihaning amalga oshirilishi hisobidan yiliga qo`shimcha 3,5 ming tonna kalava va 4,5 million dona tayyor buyum ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Buning samarasida 600 dan ziyod ish o`rni yaratiladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Toshkent viloyatidagi «Maksim Gold» mas`uliyati cheklangan jamiyati negizida amalga oshirilayotgan investisiyaviy loyiha nihoyasiga etkazilmoqda. Korxonada yiliga 3,5 ming tonna kalava ishlab chiqariladi. Investisiyaviy loyihaning qiymati 7 million dollardan iborat. 
Andijon viloyatida ham qiymati 2,44 million dollarlik yana bir loyiha yakunlanmoqda. Bankrotga uchragan «Bobur» ochiq aksiyadorlik jamiyati bo`linmalari negizida 1 million dona trikotaj buyum ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmoqda. Ushbu loyihada «Lemon International» kompaniyasi (Gonkong) investor sifatida ishtirok etayotir. 
Jizzax viloyatidagi «Do`stlik» mashina-traktor parki negizida yiliga 3,5 million dona tayyor buyum ishlab chiqarish o`zlashtirilmoqda. Mazkur investisiyaviy loyihaga «BF tekstil» qo`shma korxonasi 600 ming dollar mablag` ajratdi. 

    Boshqa yangiliklar