Anqara rossiyalik uchuvchining halok bo`lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Dunyo 04.12.2015, 11:39
Anqara rossiyalik uchuvchining halok bo`lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri  Mavlud Chovusho`g`li Rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvi doirasida Su-24 bombardimonchi samolyoti uchuvchining halok bo`lishi munosabati bilan ta`ziya bildirganligini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”

Chovusho`g`li shuningdek, uning Lavrov bilan uchrashuvi yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal eta olmaganini ham ta`kidladi.

“Turli qarashlarga ega bo`lish tabiiy hol, ammo biz ochiqchasiga gaplashib oldik. Rossyailik uchuvchining halok bo`lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdik. Ikki tomon ham ziddiyatning kuchayishini istamaydi. Umid qilamanki, to`g`ri fikr g`alaba qozonadi”,— dedi vazir.

Chovusho`g`lining ma`lum qilishicha, Anqara Rossiyaga nisbatan javob tariqasida sanksiyalar e`lon qilmoqchi emas. U yana Moskva bilan aloqalarni saqlab qolish zarurligini ham ta`kidladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1