1

Barbra Streyzand Ekaterina II haqida film suratga oladi

Dunyo 04.12.2015, 12:02
Barbra Streyzand Ekaterina II haqida film suratga oladi

Amerikalik aktrisa Barbra Streyzand  rossiyalik imperatrisa Buyuk Ekaterina haqida film suratga oladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Kinokartinaga “Pi hayoti”, “Do`stimning to`yi” kabi filmlarni ishlagan Jil Netter prodyuserlik qiladi.   

Ssenariyni esa Daun sindromiga chalingan erkak haqida hikoya qiluvchi “Men sevgan qiz” filmi bilan tanilgan Kristina Loren Anderson yozadi. Hali taxtga o`tirmagan yosh Ekaterina syujetga asos qilib olinadi.

OAVning ma`lum qilishicha, film ustidagi ishlar boshlanish arafasida.

“Dunyodagi eng mashhur ayol rejissyorlardan biri ayol davlat boshlig`i haqida film suratga oladi”, —deyiladi xabarda.

Barbra Streyzand — taniqli Gollivud aktrisasi, rejissyor va prodyuser. U o`z faoliyati mobaynida 20 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Aktrisa “Kulguli qizaloq” filmidagi Fanni Brays obrazi uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1