1

Koronavirusni uyda davolaganda tomchi dori quyish o`limga olib keladimi?

Salomatlik 03.08.2020, 22:59
Koronavirusni uyda davolaganda tomchi dori quyish o`limga olib keladimi?

Koronavirus chaqiradigan zotiljam o`pkani kuchli shikastlantiradi, agar bu paytda suyuqlik (osma ukol) jo`natsak, bu o`pka shishiga olib keladi, dedi Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Laziz To`ychiev.

–Uy sharoitida davolanayotgan bermorlar infuzion terapiya — venaga osma ukol olishga qiziqib qolishdi.

Ammo stasionarga og`ir ahvolda olib kelingan bemorlarning aksariyati aynan uyda infuzion terapiya olgani aniqlanyapti.

Koronavirus infeksiyasi chaqiradigan zotiljam o`pkani kuchli shikastlantiradi. Agar bu paytda yana suyuqlik jo`natsak — qanaqa suyuqlik bo`lishining farqi yo`q, bu o`pka shishiga olib keladi. Natijada o`pkaga ikki tomonlama zarba tushyapti. Buning negizida o`lim holatlari ham kuzatilyapti.

Uy sharoitida infuzion terapiya olish mumkin emas. Faqatgina stasionar sharoitda, mutaxassisning tavsiyasi bilan, alohida ko`rsatmalar bo`lsagina, osma ukol qilish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1