Navoiylik va qashqadaryolik ikki erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 03.08.2020, 23:56
Navoiylik va qashqadaryolik ikki erkak koronavirusdan vafot etdi

SSV ma`lum qilishicha, ayni daqiqalarda navoiylik va qashqadaryolik ikki bemor vafot etgan.

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashagan 44 yoshli Sh.T. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka arteriyasi tromboemboliyasi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, epilepsiya kabi hamroh kasalliklar ham bo`lgan.

Bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka arteriyasi tromboemboliyasidan vafot etgan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashagan 70 yoshli T.R. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1