AsosiyDunyo

Uill Smitning voyaga etmagan o`g`li falsafiy kitob yozdi

Aktyor va xip-xop ijrochisi Uill Smitning 17 yoshli o`g`li Jeyden Smit falsafiy esselar to`plamini sotuvga chiqarmoqda, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Jeydenning tanishlaridan birining ta`kidlashicha, u o`zini zamonaviy bashoratchi deb biladi va o`zga o`lchamdagi olamlarda yashovchilar bilan aloqa qiladi. Ular Jeydenga qo`shiqlari matnini yozishiga ko`maklashadi.

Jeyden nafaqat o`zining kinodagi rollari va qo`shiqlari bilan, balki noodatiy va chuqur ma`noli tvitlari bilan ham mashhur.

Sotuvga chiqarishi rejalashtirilgan kitob mistika janrida va unda olam haqidagi yangicha nazariyalar o`rin egallashi mumkin.

Jeyden aktyorlar Uill Smit va Jada Pinkettning farzandi. U to`rt yoshidan boshlab kinofilmlarda suratga tushadi.  Jeyden ishtirokidagi “Baxt ortidan” va “Karatechi yigit” filmlari mashhur.

    Boshqa yangiliklar