Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Gurlan tumanida “samosud”” nomi ostida video tarqaldi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti mazkur holatga aniqlik kiritdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 12:00 larda 26 yoshli I.O., o`zining tanishi 20 yoshli Yu.T.,(ayol) bilan uchrashgan vaqtida, ushbu holatni I.O.,ning turmush o`rtog`i 24 yoshli M.S.(ayol)ning dugonalari ko`rib qolib, telefon orqali bu haqda M.S., ga xabar berib, uni chaqirishgan hamda fuqaro Yu.T.(ayol)ni ushlab olib, turli xil uyatli so`zlar bilan xaqorat qilib janjal qilishgan va M.S.(ayol) fuqaro Yu.T.(ayol)ni tanasining turli joylariga urib tan jarohati etkazgan.
Ushbu janjal vaqtida M.S.,ning dugonalaridan biri o`zining uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, keyinchalik mazkur videolavhani “telegram” messenjeri orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu o`rinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlarda o`zboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni o`zlari jazolashga urinmasliklarini, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so`raymiz. Bundan tashqari, bu kabi holatlar tasvirlangan videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan fuqarolarimizga eslatma:
O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida ko`rsatilgan “Zo`ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish” kabi ma`muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.