1

Mutaxassislar koronavirusdan davolangan bemorda keyinchalik qanday kasallik rivojlanishini oshkor qilishdi

Salomatlik 04.08.2020, 18:14
Mutaxassislar koronavirusdan davolangan bemorda keyinchalik qanday kasallik rivojlanishini oshkor qilishdi

Tadqiqotga ko`ra, koronavirus uchun stasionar davolanishdan qaytgan bemorlarning yarmidan ko`pi bir oydan so`ng stress, bezovtalik, uyqusizlik va depressiyani boshdan kechirgan. Bu haqda "Dori-darmon" kompaniyasi rasmiy kanalida manbalarga asoslangan holda xabar joylandi.

Klinik tadqiqotlar va 402 nafar bemorning so`rovnomalari asosida olingan natijalar ko`ra, kasallanishdan keyingi asab buzilishi 28%, ruhiy tushkunlik - 31% va bezovtalik - 42% hollarda mavjudlgini ko`rsatdi. Bundan tashqari, bemorlarning 40 foizi uyqusizlikdan va 20 foizi ruhiyat buzilishidan aziyat chekkan.

Olimlarning fikriga ko`ra,Covid-19 ning psixologiyaga ta`siri virusning o`zi yoki ijtimoiy izolyasiya, yangi kasallikning noma`lum xavfli jihatlari, ma`lum bir davo usulining yo`qligi, boshqalarga yuqtirishdan qo`rqish kabi fikrlarning immunitetga ta`sir qilishi natijasida  kelib chiqishi mumkin.

Topilmalar Koronavirusning psixologik ta`siri haqida tashvishlarni kuchaytiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1