AsosiyJamiyat

Haftada 6 kun ishlaydigan va o`qiydiganlar uchun 7 dekabr dam olish kuni emas

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 5 dekabr shanba — dam olish kunini 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko`chirish to`g`risidagi qarorni imzolagan edi. Unga ko`ra, 2015 yil 5 dekabr shanba dam olish kuni 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko`chirilib, 2015 yil 5 dekabr shanba kuni ish kuni deb e`lon qilindi.

2015 yil 7 dekabr dushanba kuni olti kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun dam olish kuni emas. Ularning 2015 yil dekabr oyi uchun belgilangan ish me`yori o`zgarishsiz qoladi.

Shuningdek, Mehnat vazirligi ta`lim muassasalari, xususan oliy o`quv yurtlari talabalari uchun dushanba — 7 dekabr kuni dam olish kuni emasligini, o`quv jarayonlari belgilangan tartibda o`tkazilishini ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar