Maktablar yangi o`quv yilida ochiladimi? Vazirlik izoh berdi

Jamiyat 05.08.2020, 20:14
Maktablar yangi o`quv yilida ochiladimi? Vazirlik izoh berdi

Yangi o`quv yilida ta`lim qanday shaklda davom etadi? Ushbu savolga AOKAda o`tgan brifingda Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova izoh berdi.

 Unga ko`ra, Xalq ta`limi vazirligi o`z vakolatidan kelib chiqib o`quv yilini boshlash bo`yicha uchta ssenariy taklif qilmoqda:  

*  Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o`z faoliyatini boshlaydi. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, bolalardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko`rsatmoqda.

* Sog`liqni saqlash vazirligining O`zbekistonda bolalarda virus kechishi bo`yicha xulosasi ijobiy bo`lmagan taqdirda ta`lim onlayn tartibda davom ettiriladi.

* Gibrid ssenariy bo`lib, maktablar ochiladi. Faoliyat ma`lum bir hudud va maktabdagi karantin holatidan kelib chiqib olib boriladi. Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o`qitishga imkon berilishi ko`zda tutilgan, ya`ni bolaning maktabga davomati erkin bo`ladi.

Yakuniy xulosani esa Respublika maxsus komissiyasi hal qiladi, dedi Vazirlik Matbuot kotibi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1