1

Bugun 746 holatda kasallik qayd etildi, 732 nafar bemor sog`aydi

Jamiyat 05.08.2020, 23:59
Bugun 746 holatda kasallik qayd etildi, 732 nafar bemor sog`aydi

Shu yilning 5 avgust kuni mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Andijon, Toshkent, Buxoro, Namangan, Navoiy hamda Xorazm viloyatlarida jami 732 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 27 793 nafar bemordan 18 783 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 839 nafar bemordan 799 nafari og`ir, 228 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1