AsosiyDunyo

“Islom davlati” Kaliforniyadagi otishmalar uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oldi

“Islom davlati” terrorchilik guruhi Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi ommaviy qotillik mas`uliyatini o`z zimmasiga oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

“ ‘Islom davlati’ning ikki izdoshi bir necha kun avval San-Bernardino shahrida otishma uyushtirdi”, — deyiladi xabarda.  

Ma`lumotlarga ko`ra, otishmalardagi asosiy ayblanuvchi Sayed Faruk kamida ikki terrorchilik tashkiloti, xususan “Al-Qoida” va “Jabxat-an-Nusra” vakillari bilan muloqotda bo`lgan. Bundan tashqari Farukning rafiqasi otishmadan bir necha daqiqa avval o`zining Facebook`dagi sahifasida “Islom davlati” terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bog`dodiyga sodiq ekanligi haqida ont ichgan.

Er-xotin jinoyatchilarning advokati esa ayolning “og`ir, bosiq” ekanligini ta`kidlagan.   

Eslatib o`tamiz, 2 dekabr kuni San-Bernardino shahridagi otishmalarda 14 kishi halok bo`lgan edi.   

    Boshqa yangiliklar