Elyor G`aniev Transport vaziri lavozimidan olindi

Siyosat 07.08.2020, 10:22
Elyor G`aniev Transport  vaziri lavozimidan olindi

O`zbekiston Transport vaziri Elyor G`aniev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimini tark etdi. Kun.uzga ko`ra, joriy yilning 5 avgust kuni prezidentning shu haqdagi farmoni imzolangan.

 

Ma`lumot uchun:

Elyor G`aniev 2020 yilning fevralida Ochilboy Ramatov o`rniga Transport vaziri bo`lgan.

Elyor G`aniev 2012-2017 yillarda O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri, 2017 yil noyabridan prezident devonida sektor boshlig`i, 2018 yil avgustidan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari bo`lgan, 2019 yilning yanvaridan 2020 yilning yanvarigacha Bosh vazirning investisiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Ayni vaqtda u qaysi ishga o`tgani haqida aniq ma`lumot yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1