1

Gripp yuqtirgan bemor koronavirusga ham moyil bo`lishi rostmi?

Salomatlik 07.08.2020, 16:04
Gripp yuqtirgan bemor koronavirusga ham moyil bo`lishi rostmi?

Ushbu savolga Vrachlar malakasini oshirish instituti dosenti Dilfuza Hasanova quyidagicha javob berdi:

 Gripp bilan og`riyotgan bemor qat`iy karantin choralariga rioya qilsa, unga virus yuqmaydi. Bemor gripp bilan koronavirusni yuqtirib olgan bo`lsa, kasallik og`ir kechadi.

Grippda immunitet past bo`lsa, kasallik o`tib ketadigan bo`lsa, gripp chaqiradigan pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Bunda o`pkaning yuqori qismlari zararlanadi.  

SOVID-19 infeksiyasi esa ko`pincha o`pkaning past qismlari: nafas olishda kamroq ishtirok etadigan bo`lmalarini shikastlaydi. Yondosh kasalliklar, tabiiyki, kasallik kechishini og`irlashtiradi.

Gripp bilan zararlangan bemor koronavirusga test topshirsa, lekin yolg`on manfiy javob chiqsa (30 foiz ehtimol), demak, menda kasallik yo`q ekan deb atrofdagilar uchun tashuvchi bo`lib qolishi mumkin.

Shu sababli gripp bilan kasallanganlar ham o`zini izolyasiya qilishi lozim. Grippdan to`liq forig` bo`lgach, normal hayotga qaytishi mumkin.

 

(https://t.me/c/1191463694/285)Manba: «COVID-19 savol-javob» dasturi. O`zbekitston 24 TV

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1