AsosiyDunyo

AQSh sobiq Prezidenti saratonni engdi

AQShning sobiq Prezidenti Jimmi Karter bosh miya saratonidan davolanganini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”

91 yoshli siyosatchi o`zi ishlaydigan Jorjiya shtatidagi Pleyns shahridagi maktabda bu haqda ma`lum qilgan.

“MRT tekshiruvlaridan so`ng shifokorlar menda saraton alomatlari yo`qligini aytishdi. Men uchun ko`pchilik duo qilganligini bilaman va buni qadrlayman”, — dedi Karter.

Kasallik alomatlari yo`qligi haqidagi ma`lumotlarni AQShning sobiq 39-Prezidenti Oq uydan ketganidan so`ng  tashkil etgan “Karter markazi” notijorat tashkiloti ham tasdiqlagan. Markaz xodimlari Karter har uch haftada immunoterapiya muolajalarini davom ettirishi kerakligini qo`shimcha qilgan.  

Joriy yilning avgustida Karter og`ir onkologik kasallikka chalinganini aytgan edi.

Jimmi Karter 1997-1981 yillarda AQSh Prezidenti bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar