1

Koronavirusga qarshi immuniteti eng yuqori insonlar kimlar ekani ma`lum bo`ldi

Salomatlik 08.08.2020, 13:37
Koronavirusga qarshi immuniteti eng yuqori insonlar kimlar ekani ma`lum bo`ldi

Yosh bolalar va 70 yoshdan o`tgan insonlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetning maksimal darajasi qayd etilgan. Bu haqda o`tkazilgan tadqiqotlar natijasiga tayanib, Paster nomidagi Sankt-Peterburg Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya Federasiyasining aksariyat hududlarida asosan voyaga etmaganlarda, xususan, maktab yoshiga etmagan bolalar va boshlang`ich sinf o`quvchilarida virusga qarshi antitanachalar aniqlangan. 70 yoshdan oshganlar kuchli immunitetga ega insonlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi.

Shuningdek, shifokor va pedagoglarda ham koronavirusga qarshi immunitet nisbatan yaxshi shakllangani aniqlangan.

Institut tomonidan Rossiyaning 26 ta hududida o`tkazilgan tadqiqotda 70 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1