AsosiyDunyo

Latviya bosh vaziri iste`foga ketishini ma`lum qildi

Latviya bosh vaziri Laymdota Strayuma mamlakat Prezidenti Raymond Veyonis bilan uchrashuvda iste`foga ketishini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Jurnalistlar oldida chiqish qilar ekan, bosh vazir  lavozimida faoliyat yuritgan vaqt oralig`ida mamlakat iqtisodiyotini yaxshilashga xizmat qilgan ikki davlat byudjeti qabul qilinganini ta`kidladi.

“Boshlangan ishni  yakunlash uchun yangi g`oya va kuch kerak, deb hisoblayman”, — dedi u o`z qarorini izohlar ekan.

Laymdota Strauyuma bosh vazir lavozimiga 2014 yilning 22 yanvarida tayinlangan edi. Bunga qadar esa dehqonchilik vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 

    Boshqa yangiliklar