Toshkentda koronavirus oqibatida 60 va 70 yoshli ikki ayol vafot etdi

Jamiyat 09.08.2020, 23:49
Toshkentda koronavirus oqibatida 60 va 70 yoshli ikki ayol vafot etdi

SSV xabariga ko`ra, ayni soatlarda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli Q.R. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli U.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 Bugun Toshkent shahrida 436 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 726 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 22 042 (+726) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 373 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1