AsosiyDunyo

Internet orqali bola sotib olmoqchi bo`lgan amerikalik hibsga olindi

Amerikalik Eleyn Uilyams 7-dekabr, dushanba kuni bola sotib olmoqchi bo`lgani uchun hibsga olindi, debxabar beradi “Lenta.ru”.

Okrug sherifi Epifano Rodrigesning so`zlariga ko`ra, ayol Craigslist internet saytida o`ziga farzand sotib olmoqchi ekanligi haqida e`lon joylashtirgan.

 Atlantalik 47 yoshli ayol nevarali bo`lish istagida 14 yoshli qiziga chaqaloq sotib olib bermoqchi bo`lgan. U polisiyaga qizining bolali bo`lishni juda hohlagani va bolani sotgan shaxs haqidagi ma`lumotlar sir saqlanishiga kafolat berganini tan oldi.  

E`lon sayt ma`muriyati tomonidan olib tashlangan, ammo internet foydalanuvchilaridan biri uni ko`chirib olib, huquq-tartibot organlariga etkazishga ulgurgan.

Ona va qiz reklama qoidalarini buzganlikda va odam savdosini targ`ib etganlikda ayblanmoqda. Qizning ishi voyaga etmaganlar ishi bo`yicha sudda ko`rib chiqiladi, ona esa sudgacha qamoqda o`tiradi.

Craigslist — Amerikaliklar orasida ancha mashhur elektron e`lonlar sayti hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar