1

Shavkat Mirziyoev Lukashenkoni tabrikladi

Siyosat 10.08.2020, 14:40
Shavkat Mirziyoev Lukashenkoni tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Aleksandr Lukashenkoni Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida erishgan ishonchli g`alabasi bilan qutladi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlatimiz rahbari o`z maktubida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukashenkoga bo`lgan ulkan ishonchini va birdamligini, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash yo`lida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilishini to`liq qo`llab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston va Belarus o`rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperasiya bo`yicha muhim loyihalar va gumanitar almashinuvga oid dasturlar bilan boyitishiga ishonch bildirdi.

Davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoga mustahkam sog`lik, farovonlik va yangi zafarlar, do`st Belarus xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Mavzuga doir:

Lukashenko g`alaba qozondi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1