1

Qurilish chiqindilari uchun poligonlar va qayta ishlash klasterlari tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berildi

Siyosat 10.08.2020, 21:00
Qurilish chiqindilari uchun poligonlar va qayta ishlash klasterlari tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berildi

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni ta`minlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari bo`yicha 10 avgust kuni o`tkazilgan yig`ilishda chiqindilarni qayta ishlashni tartibga solish bo`yicha 14 ta hududdagi tumanlar kesimida alohida qarorlar qabul qilinishi hamda ularning ijrosi yuzasidan nazorat tizimi yo`lga qo`yilishi belgilandi

Nodavlat sektor chiqindilarni yig`ish va qayta ishlashda yaxshi samara bermoqda. Qaerda shunday korxonalar ishlayotgan bo`lsa, xizmat sifati ham yuqori, aholi ham rozi. Misol uchun, “Bio Texno Eko” kompaniyasi 6 million dollardan ziyod kredit hisobiga 78 ta maxsus texnika va uskunalar xarid qilib, Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridagi 285 ming aholiga tozalash xizmati ko`rsatmoqda.

Joylarda shunday loyiha qilaman, degan tadbirkorlar ko`p. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga Qoraqalpog`iston va viloyatlarda davlat-xususiy sheriklik asosida jami 31 ta klaster tashkil etish yuzasidan ko`rsatma berildi.

Ushbu loyihalar hisobiga maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini yil yakunigacha 25 foizgacha, 2021 yilda kamida 35 foizga etkazish zarurligi belgilandi.

Sanitar-ekologik talabga javob bermaydigan 51 ta chiqindi poligonini maqbullashtirish, bundan tashqari, qurilish chiqindilari uchun 26 ta poligon hamda ularni qayta ishlovchi klasterlar tashkil etish muhimligi aytildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1