1

Yirik sanoat korxonalarida lokal tozalash inshootlarini o`rnatish va modernizasiya qilish vazifasi qo`yildi

Siyosat 10.08.2020, 21:24
Yirik sanoat korxonalarida lokal tozalash inshootlarini o`rnatish va modernizasiya qilish vazifasi qo`yildi

Yig`ilishda xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etilgan mablag`lar natijadorligi ham muhokama qilindi.

Mutasaddilarga bu mablag`lar evaziga boshlangan loyihalarni jadallashtirib, qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Davlatimiz rahbari sohani kamxarj va tejamkor texnikalar bilan ta`minlash muhimligini ta`kidladi.

Muhokamada ekologik nazoratni kuchaytirish masalasiga ham alohida e`tibor qaratildi.

Ayrim zavodlar havoga me`yordan ortiqcha tashlanma chiqarib, atrof-muhitga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bunday holatlar fuqarolarning haqli e`tiroziga sabab bo`lmoqda.

Shu bois Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga havo ifloslanishini tezkor tahlil qiladigan mobil laboratoriyalar bilan har bir hududni ta`minlash topshirig`i berildi. Bosh vazir o`rinbosariga atrof-muhitga yuqori va o`rta xavfli 240 ta yirik sanoat korxonasida zamonaviy lokal tozalash inshootlarini o`rnatish va mavjudlarini modernizasiya qilish bo`yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.

Yig`ilishda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi rahbariyati hamda viloyat hokimlarining hisoboti eshitildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1