Poytaxtimizda “Alohida ehtiyojli bolalar ijtimoiy himoyasi va jamiyatga integrasiyalashuvi” mavzuida xalqaro forum bo`lib o`tdi.
Anjuman «Sen yolg'iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg`armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Sog`liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari, Moliya vazirliklari, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi, BMT Bolalar jamg`armasi – YuNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar hokimligi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forumda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, xalqaro va jamoat tashkilotlari rahbarlari, xorijlik mutaxassislar, ekspert va olimlar, pedagoglar hamda shifokorlar ishtirok etdi.
Tadbirda Istiqlol yillarida mamlakatimizda onalar o`limi 3,1 barobar, go`daklar o`limi 3,2 barobar kamaygani ta`kidlandi. “Ona va bola skriningi” dasturi amalga oshirilishi natijasida tug`ma nuqsonli bolalar tug`ilishi 2000 yildan buyon qariyb 2 barobar kamaydi.





