Yaponiyada faoliyati “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi kurashishga yo`naltirilgan maxsus xizmat tashkil etildi. Maxsus xizmat ID bilan mamlakat tashqarisida ham kurash olib boradi.
Yangi kontrterrorchilik bo`linmasi rasman seshanba kuni ish boshladi. Uning tarkibiga TIV hamda Mudofaa vazirligi xodimlari, polisiya, shuningdek hukumatning razvedka-tahliliy boshqarmasi kirdi.
Maxsus xizmat o`ta mahfiy: jurnalistlarga 24 nafar xodimni faqat orqasidan suratga olish ruxsat etildi.
Yaponiya rahbarlarining ma`lum qilishlaricha, ushbu bo`linma terrorizmga qarshi kurash va jamoatchilik xavfsizligini ta`minlash bilan shug`ullanuvchi ilk bo`linma.
Ushbu xizmatni tashkil etish qarori ID terrorchilarining yaponiyaliklarni qatl etish bilan hamda Yaponiyada G7 sammitida xavfsizlikni ta`minlash hamda 2020 yilda Tokioda Olimpiada o`tkazish bilan bog`liq.