2020 yil 12 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 215 (+232) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV.
Yangi kasallanish holatlarining 155 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Samarqand viloyatida, yana 23 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, yana 6 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






