Xalqaro Migrasiya tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yildan beri Evropaga O`rtaer dengizi orqali kirib kelgan qochoqlar soni 800 ming kishidan ortib ketgan. Yil oxiriga borib ushbu raqam milliondan ortishi mumkin.
Muhojirlar soni bo`yicha Gresiya peshqadamlik qilmoqda. Bu mamlakatda hozirgi paytda 650 ming qochoq panoh topgan. Holbuki, o`tgan yilda bu raqam 32 mingni tashkil etgandi. Ikkinchi o`rinda 140 ming kishi bilan Italiya bormoqda. Qizig`i shundaki, bu mamlakatga o`tgan yilga nisbatan qochoqlar soni 10 foizga qisqargan. Ekspertlar fikricha, Italdiya orqali qit`aga kirish nisbatan xatarli bo`lib qolayotir. Chunki, bu mamlakatga dengiz yo`li bilan kirmoqchi bo`lganlarning 2860 nafari nobud bo`lgan.
Evropa rasmiylariga ko`ra, ijahon urushi yillaridan beri qit`ada bunday katta muhojirlar oqimi kuzatilmagan.