8 dekabr kuni Toshkentning Oloy bozoriga yaqin hududda Porcshe Panamera avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi.
Facebook’ning "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilaridan biri ushbu halokatni “Eng qimmat avariya” deya baholadi. Daryo.uz nashrining ma`lumotlariga ko`ra, ushbu avtomobil narxi qariyb 100 ming dollarga teng.
Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilayotgan izohlarga ko`ra, avtomobil qarama-qarshi yo`llarni ajratib turuvchi temir to`siqlarga borib urilgan.







