1

Ayni paytda yana 230 kishida virus aniqlandi, toshkentlik 35 yoshli erkak halok bo`ldi

Jamiyat 14.08.2020, 00:06
Ayni paytda yana 230 kishida virus aniqlandi, toshkentlik 35 yoshli erkak halok bo`ldi

Sog`liqni saqlash vazirligi  statistikasiga ko`ra bugun 2020 yil 13 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 323 (+230) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent viloyatida, 102 nafari Toshkent shahrida hamda 11 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli A.I. (erkak) vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun yurtimizda 1 554 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzalib, jami sog`ayganlar soni 27 213 nafarga (82 foiz) etdi.

Hozirda mamlakatimizda 5 894 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1