AsosiyDunyo

O`z joniga qasd qilgan xodimining yaqinlariga restoran million dollar to`laydi

Yaponiyaning Watami restorani vakillari haddan ortiq ko`p ishlagani sababli joniga qasd qilgan xodimining oilasiga million dollar tovon puli to`lanishini ma`lum qildi. Ayolni dam olish kunlari hamda tungi smenalarda tanaffuslarsiz ishlashga majbur qilishgan.

Mina Mori "Vatami"ga 2008 yiilda ishga kirgan. Ba`zida u tungi smenalarda 10 soatlab ishlab, ertalab yana ishga chiqishiga to`g`ri kelgan. Dam olish kunlari ham unga dam berilmagan.

O`z joniga qasd qilishidan bir oy oldin u o`z kundaligida shunday deb yozuv qoldirgan: "Menga juda og`ir. Butun tanam og`riyapti. Kayfiyatim juda yomon. Menga yordam beradigan biror kim bormi". Dastlab Watami rahbari Miki Vatanabe uning o`limi va ishi orasidagi bog`liqlikni tan olmadi, biroq keyin ishni sudgacha borishini oldini olishga qaror qildi.

Biznesmen marhum xodimasining oilasiga million dollar to`lab, qolgan xodimlarning ish sharoitini yaxshilab berishga va`da berdi.

 

    Boshqa yangiliklar