1

2021 yildan boshlab irrigasiya ob`ektlarini qurish bo`yicha yangi tartib o`rnatiladi

Jamiyat 14.08.2020, 12:17
2021 yildan boshlab irrigasiya ob`ektlarini qurish bo`yicha yangi tartib o`rnatiladi

“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4801-son, 11.08.2020 y.) qabul qilindi.  Bu hakda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanallar xabar bermoqda.

 Qarorga muvofiq, 2020–2023 yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigasiya va meliorasiya ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda meliorasiya ob`ektlarini ta`mirlash bo`yicha manzilli ro`yxatlar tasdiqlandi.  

Jumladan, belgilangan yillarda bu borada Jizzax viloyatida umumiy qiymati 1 trln 166 mlrd 302 mln so`m, Sirdaryo viloyatida umumiy qiymati 1 trln 457 mlrd 380 mln so`m bo`lgan loyihalarning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.  

 2021 yildan boshlab irrigasiya va meliorasiya ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda meliorasiya ob`ektlarini ta`mirlash va tiklash bo`yicha ustuvor loyihalarni tanlash va amalga oshirishning quyidagi tartibi o`rnatiladi:

  • ustuvor loyihalar bo`yicha takliflar joyida har bir hududning suv ta`minoti, erlarning meliorativ holati va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan hamda muammolar tahlilini qilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shakllantiriladi;
  • ustuvor loyihalar bo`yicha takliflar Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokama qilinadi va ma`qullangandan so`ng belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
  • har bir loyihaning amalga oshirilishi holati tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan nazorat qilib boriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1