Amerikaning Time jurnali “Yil odami” nominasiyasi g`olibini e`lon qildi. Unda GFR Kansleri Angela Merkel g`olib bo`ldi.
"Yil odami" nominasiyasi o`tayotgan yilda dunyo sahnida bo`layotgan voqealarga yaxshi yoki yomon ma`noda ta`sir qilgan odamlarni aniqlaydi, deydi Time jurnali bosh muharriri.
Merkeldan tashqari ushbu nom uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Eron Prezidenti Xasan Rouxani, “Islom davlati” terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bog`dodiy, AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramplar kurash olib bordi.
Angela Merkel ro`yhatga dunyodagi siyosiy va iqtisodiy hodisalarning markazida bo`lgani sababli kirdi.
“Yil odami” nominasiyasi g`oliblari 1927 yildan e`tiboran har yili dekabr oyida nashr bosh muharriri tomonidan aniqlanadi. 2014 yilda "Yil odami" nomiga Ebola virusiga qarshi kurashganlar kiritilgan.